"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi YECHL doirasida "PSJ" bilan bo‘lajak uchrashuvlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
17 yoshli futbolchi kataloniyaliklarning “Napoli”ga (3:1) qarshi javob uchrashuvi qahramonlaridan biriga aylandi. Xavi Ernandes shogirdlari italiyaliklarni umumiy 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
“Hozir turnirda faqat yuqori saviyadagi jamoalar qolmoqda. Bizni juda qiyin qarama-qarshilik kutmoqda, biz 100 foiz borimizni berishimiz kerak. "PSJ"ga qarshi o‘yinga "Napoli" bilan bo‘lgani kabi jiddiy yondashishimiz kerak", - dedi himoyachi.