Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

La liga. Vinisius dublga erishib, Valverde 3 ta assist qayd etgan o‘yinda «Real» g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

La liga. Vinisius dublga erishib, Valverde 3 ta assist qayd etgan o‘yinda «Real» g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Vinisius Junior 4-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib mezbonlar Budimir tomonidan urilgan gol evaziga muvozanatnik tiklashdi.

Dani Karvaxal 18-daqiqada "Real"ni yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Brahim Dias va Vinisius ikkita gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar boshlangan paytda "Osasuna" hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

"Real" ushbu g‘alabadan so‘ng 72 ochko bilan 2-o‘rindagi "Jirona" bilan farqni 10 ochkoga yetkazdi.

Ispaniya La ligasi, 29-tur
Osasuna – Real Madrid 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 4 Vinisius Junior, 1:1 – 7 Budimir, 1:2 – 18 Karvaxal, 1:3 – 61 Braim Dias, 1:4 – 64 Vinisius Junior, 2:4 – 90+1 Munyos.
Osasuna – Errera, Areso, Unai Garsiya, Katena (Munyos, 70), Errando (Xuan Krus, 79), Moxika, Moyses Gomes (Raul Garsiya, 70), Torro, Monkayola, Arnais (Ruben Garsiya, 69), Budimir (Ibanyes, 70).
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Tchuameni, Mendi (Fran Garsiya, 85), Kroos (Vaskes, 77), Valverde, Kamavinga (Nacho, 72), Braim Dias (Modrich, 72), Vinisius Junior (Gyuler, 85), Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Errando (31), Vinisius Junior (44), Kamavinga (53), Torro (55), Unai Garsiya (63).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:59, 16.03.2024.
O'qildi: 2718 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик