Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Yuventus» «Jenoa» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi, Vlaxovich esa bir daqiqada ikkita sariq kartochka oldi (videosharh)

«Yuventus» «Jenoa» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi, Vlaxovich esa bir daqiqada ikkita sariq kartochka oldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 29-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Mezbonlar birinchi bo‘limda genuyaliklar darvozasi oldidan u qadar ko‘p xavfli vaziyat yarata olishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa turinlar kamida 3 ta golga tortadigan vaziyatdan foydalana olishmadi. To‘p ikki marta darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Dusha Vlaxovich hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

"Yuve" mazkur durang tufayli o‘z ochkolarini 59 taga yetkazib oldi. Shuncha ochkoga ega bo‘lgan "Milan" bugun "Verona"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsa, "Yuventus"dan 3 ochkoga ilgarilab ketadi.

Italiya A seriyasi, 29-tur
Yuventus – Jenoa 0:0 (0:0, 0:0)
Yuventus – Shchensni, Kambyazo (Kin, 82), Danilo, Bremer, Gatti, Kostich (Ayling, 59), Lokatelli, Makkenni (Rabyo, 58), Miretti (Vea, 78), Kyeza (Yildiz, 59), Vlaxovich.
Jenoa – Jozep Martines, Spens, Bani (Chittadini, 85), Vaskes, de Vinter, Badel (Boxinen, 85), Frendrup (Strotman, 69), Gudmundsson (Malinovskiy, 70), Retegi (Ankeye, 79), Vitinya, Junior Messias.
Ogohlantirishlar: Danilo (39), Kambyazo (58), Vitinya (65), Vlaxovich (90+3).
Chelatish: Vlaxovich (90+3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:41, 17.03.2024.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик