Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Samvel Babayan: «Bunyodkor»ga «respekt!»

Samvel Babayan: «Bunyodkor»ga «respekt!»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Samvel Babayan OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

- Dastlabki uch turni o‘tkazdik va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha omadsiz hodisalar shu uchta o‘yinda ro‘y berdi. Kutilmagan gollar o‘tkazdik. Futbolchi boshi bilan zarba berdi va to‘p noyob trayektoriya orqali darvozamizdan joy oldi. Ha, mayli. Mavsum endi boshlandi va hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Sabrli bo‘lishimiz kerak. O‘yin sifati, xohish, motivasiya hammasi joyida, ammo kutilmagan hodisalar ro‘y bermoqda. Xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz va yo‘q joydan gol o‘tkazib yubormoqdamiz. Oldinda kichik tanaffus bor va tanaffus jarayonida barchasini tahlil qilib chiqamiz. O‘yin haqida gapirgim kelmayapti. “Bunyodkor”ni hurmat qilaman, biroq bunday darajadagi jamoalarni mag‘lub etishimiz kerak.

“Bunyodkor”da o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugungi uchrashuvda ular to‘liq yangi tarkib bilan maydonga tushishdi. Avvalgi ikki uchrashuvda ham “qaldirg‘ochlar” yomon o‘ynashmadi, ammo himoyadagi xatolar sababli jamoa ko‘p gol o‘tkazib yuborayotgan edi. Bugun esa umuman boshqa futbolchilar maydonga tushdi. Yangi futbolchilar esa bizga notanish. Birinchi bo‘limda ko‘proq bosim qilishimiz kerak edi, sababi raqibimiz tarkibidagi futbolchilar yosh. Tanaffusdan so‘ng, bosimni kuchaytirdik va ikkita gol urdik. Birinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdik. “Bunyodkor”ning misoli, mahalliy mutaxassislarga ishonishda davom etishimiz kerakligini ko‘rsatib berdi. Yangi murabbiy jamoani bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorlaganini ko‘rdingiz. “Bunyodkor” o‘z akademiyasi bilan mashhur. Bugun maydonga tushgan yosh futbolchilar buni isbotlashdi. “Bunyodkor”ga “respekt”!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 23:12, 17.03.2024.
O'qildi: 2115 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик