Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Vadim Abramov: «Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi»

Vadim Abramov: «Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 3-turida mehmonda OKMKga mag‘lub bo‘lgan "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov mag‘lubiyat, Kojoning almashtirilishi, qiyin vaziyatga qaramay jamoa o‘yinida ijobiy jihatlar borligi va keyingi o‘yinlar haqida gapirdi.

"Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi. Bunday gollar o‘tkazib yuborishimiz uyat. Hisobni ko‘rganlar OKMK osonlik bilan g‘alaba qozondi deb o‘ylashi mumkin. Biz bunday hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Ikkinchi taym bizning ustunligimizda o‘tdi deya olaman. Vaziyat qiyin, ammo undan chiqib ketishimizga ishonaman. O‘yinimizda ijobiy jihatlar bor.

Kojoni charchagani tufayli almashtirishga qaror qildik. Bugun biroz o‘yinga kirishib ketishi qiyin bo‘ldi. To‘plarni yo‘qotdi, vaziyatlar yaratishda qiynaldi. Qanotda Hojimirzayevga ko‘proq ishonch bildirdik. U kamida uchta vaziyat yaratdi. Kojoning pozisiyasiga boshqa hujumchini qoldirishga qaror qildik. Qolaversa, navabdagi tur FIFA kunlari tugagach o‘tkazilishini va bu turda Kojo o‘ynay olmasligini inobatga olgan holda usiz o‘ynab ko‘rishni sinab ko‘rdik.

Vaziyat ancha qiyin ekanligini bilamiz, ammo jamoa o‘yinida ijobiy jihatlar borligi ushbu vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonch berayapti. Murakkab vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonaman. Istalgan raqib bilan o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik", — dedi Abramov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:39, 17.03.2024.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик