Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal: "Xavidan ko‘p qarzdorman"

Yamal: "Xavidan ko‘p qarzdorman"

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lamin Yamal jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes boshchiligidagi faoliyati haqida gapirdi.

"Men Xavidan ko‘p qarzdorman, chunki u meni asosiy jamoa bilan ishlashga jalb qilgan. Uning sharofati bilan men "Barselona"da debyut qildim, keyin esa asosiy tarkibdagi o‘rnimni qo‘lga kiritdim. Xavi yosh futbolchilarga ishonch bag‘ishlaydi", - deydi 16 yoshli futbolchi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Lamin 28 ta o‘yin o‘tkazdi. Umidli hujumchining hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 14:34, 19.03.2024.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.