"Nyukasl" himoyachisi Sven Botman jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. U Angliya kubogi chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (2:0) jiddiy jarohat oldi.
24 yoshli niderlandiyalik futbolchi operasiya qilinadi. Qayta tiklash 6 oydan 9 oygacha davom etadi.
Joriy mavsumda Botman barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.