Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bir jamoada 27 yil – jahon rekordi!

Bir jamoada 27 yil – jahon rekordi!

Baho:
+ | -

Bu galgi qahramonimiz bo‘lmish Said Bey 1912 yilda Istanbulda tavallud topgan.

U bolalik chog‘ida britaniyalik dengizchilar tomonidan olib kelingan futbolga mehr qo‘ydi, keyin Usmoniylar Imperiyasining boshqa port shahri - Izmirda yoqtirib qolgan sporti bilan shug‘ullana boshladi. Said futbol uchun hamma narsadan voz kechishga tayyor edi.

Izmirning «Oltin o‘rda» klubi Said Bey faoliyatidagi dastlabki va yagona klub bo‘lib qoldi. Himoyachi uning tarkibida 27 yil to‘p surib, jahon rekordini o‘rnatgan. U 800tadan ko‘proq uchrashuvlarda suyukli jamoasi sharafini himoya qilgach, 44 yoshida faoliyatini yakunlagan.

O‘tgan asrning 30-50-yillar oralig‘ida turk futbolining saviyasi nisbatan pastroq bo‘lgani sababli, futbolchi Izmir Futbol ligasida mahalliy sovrinlar bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgandi. Hozir esa jamoa quyi liganing autsayderi maqomida. Said esa Turkiya miqyosida atigi bir marta Milliy divizonning eng yaxshi to‘purari sovriniga sazovor bo‘lgandi. O‘sha davrda «Fenerbaxche», «Galatasaroy» va «Beshiktosh» klublari doimiy favoritlar edilar. Izmirliklar ularga qarshi makkorlik ishlatib, musobaqaga 3ta klub vakillaridan shakllangan terma jamoani yuborishdi. Biroq Saidning gollari ham so‘nggi pog‘onadan ko‘tarilish imkonini bermagandi. Istanbul klublarining sohiblari himoyachini shohona restoranlarda mehmon qilib, oldiga qiymati yozilmagan chekni qo‘yishgan va maoshi uchun xohlagan mablag‘ni yozishi mumkinligini aytishgan. Biroq Said futboldagi daromadi nonga arang yetadigan davrda ham taklifni rad etgan, Istanbulga o‘tishni istamagan. 1934 yilda Turkiya turli millat vakillaridan shakllangan aholini birlashtirish maqsadida «familiyalar haqida qonun» qilgach, Said Bey Oltin O‘rdaga aylandi. Mamlakatdagi boshqa klublaridagi afsonalar ham shunday qilishdi. Qariyb 100 yil ortda qolgan hozirgi paytda jamoalarni futbolchilar nomi bilan yuritilgan ekanda, degan fikrga kelish mumkin. Aslida, transferlar doimo bo‘lgan. Lekin halol o‘yinchilar orasida kamtarin turk yaqqol ajralib turadi. Said Maldiniga bitta jamoadagi ishtirok bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatish imkoniyatini bermadi.

Maldini va Totti - eng sadoqatli yulduzlar

Paolo va Franchesko boshqa klublardan ko‘plab qiziqarli takliflarni olishgan. «Milan» va «Roma» doimo ideal holatda yurmagan bo‘lsada, ular jamoani tark etishmagan. Maldinini tushunish qiyin emas, oilaviy sulolada u otasi Chezarening faoliyatini davom ettirgan, «Milan» esa uddaburo Silvio Berluskoni rahbarligida futbol olamining eng mashhur klubi darajasiga ko‘tarilgandi. Paolo «rossonerlar» jamoasining haqiqiy shaydosi edi. Totti esa rimlik «bo‘rilar» bilan issiq-sovuq kunlarni boshdan kechirdi, atigi bir marta Skudetto sohibi bo‘ldi.

Shunga qaramasdan, Chesko «A» seriyasi rekordchi to‘purarlari safidan joy olgan. U ham Maldini kabi 25 yil o‘z klubi sharafini himoya qilgan. Futbol olamida faqat turkiyalik Oltino‘rda (27 yil), fransiyalik hujumchi Kanale (26) undan ko‘proq, to‘p surishgan. Bir jamoada 20 yildan ko‘proq maydonga tushgan o‘yinchilar ko‘pchilik. Faqat superyulduz maqomidagi o‘yinchilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, «San-Paulu» darvozaboni Seni, shotlandiyalik «Liverpul» vingeri Liddel misol bo‘la oladi.

Uzoq muddatli faoliyat bo‘yicha Angliya rekordi Rayan Giggzga (24) tegishli. «MYU»ning uelslik himoyachisi o‘ta sho‘x yigit bo‘lishiga qaramasdan, afsonaviy Kantona nasihatlariga og‘ishmay rioya qilgan: «Turmush o‘rtog‘ini, siyosiy qarashini, dinini o‘zgartirish mumkin. Lekin sevimli jamoani alishtirib bo‘lmaydi!»

Mazkur sitatani kimdir o‘ylab topgan, degan taxminni inkor eta olmaymiz. Lekin asl muallif kim ekanligidan qat’iy nazar, qirol Erikning dono hikmatlari xususida bahs bo‘lganida, bu e’tirofni ham yodga olinadi. Fransiyalik afsona yagona muhabbat bilan maqtana olmasada, «MYU» uning qalbini zabt etgani aniq. Jerrard, Terri, Lempard va boshqa ko‘plab yulduzlar faoliyati bitta jamoada o‘tmagan. Barezi, Adams, Puyol, Skoulz, Karrager, Gari Nevill, Kostakurta va Bergomilar esa ilk jamoalarini topgach, boshqa klublarga o‘tishmagan.

Akinfeev, Yashin va Nettolar izidan bordi

Darvozabon 20 yildan ko‘proq vaqtdan beri SSKAning asosiy jamoasini qo‘riqlamoqda, hozirda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasidagi eng kuchli o‘yinchi. Faqat Filippin, Mo‘g‘uliston va Gibraltar vakillari undan yaxshiroq natijaga erishganlar. Saviya jihatidan ikkinchi klassdagi ro‘yxatda «Dinamo» kiperi Anton Shunin yetakchilik qilmoqda. Yodingizda bo‘lsa, hozirda futbol olamining birinchi raqamli darvozaboni, kasbdoshlari orasidagi yagona «Oltin to‘p» sohibi bo‘lmish Yashin klub miqyosidagi faoliyatini shu jamoada o‘tkazgan. Lev Ivanovichni yoki «Spartak» sardori Nettoni hech qachon «Real»ga qo‘yib yuborishmasdi. Biroq ular Rossiyaning boshqa klublariga ham o‘tishgan emas.

Jahon chempioni maqomidagi futbolchilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Tomas Myuller misol bo‘la oladi. Unga 10dan ortiq xorijiy klublardan takliflar bo‘lgan, lekin u doimo faqat «Bavariya» bilan yangi shartnomalarni imzolagan. Ayni pallada Myunxen grandi murakkab davrni o‘tkazmoqda, «Bayer»dan yirik mag‘lubiyatni qabul qilishgan kuni hujumchini jamoadoshlari juda qattiq ranjitishdi. Keyin jamoa Rimda YECHLda «Lasio»ga imkoniyatni boy berdi. Myuller xuddi o‘z faoliyatini «Atletiko»ga bag‘ishlagan Koke singari klubga bo‘lgan sadoqat futbolchidan ko‘p narsadan voz kechishni talab etishini yaxshi biladi.

Nufuzli «yagona klub o‘yinchilari» ro‘yxatidan joy olgan futbolchilar chinakam sadoqatni namoyish etishdi. Bu ibrat olishga arziydigan fazilat. Ular katta pullar va sovrinlarni va’da qilish bilan xiyonatga da’vat etganlarga qat’iy «yo‘q» deyishdi, qadr­don jamoalarining og‘ir damlarida unga dalda bo‘lishdi. Ular jamoalarni o‘zgartirish bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan kasbdoshlaridan ko‘ra ko‘proq hurmatga sazovor bo‘ldilar. Albatta, Pele, Messi, Ronaldu va Zidan kabi afsonalar o‘z klublarini tez,tez alishtirish bilan yomon bo‘lib qolganlari yo‘q. Biroq Myuller va Akinfeev kabi sadoqat namoyandalarining futbol tarixidagi o‘rni o‘zgacha.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:33, 23.03.2024.
O'qildi: 1450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.