Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

A Seriyada cho‘kayotgan klub

A Seriyada cho‘kayotgan klub

Baho:
+ | -

"Salernitana" omadsizlik tubiga g‘arq bo‘lmoqda: jamoa A Seriyadan tushib ketishga deyarli mahkum. Bu joriy mavsumda ularni qutqarish uchun ko‘ngilli bo‘lgan to‘rtinchi murabbiyning iste’fosiga sabab bo‘ladi. Frank Riberi unga sherik bo‘lishi mumkin edi.

Najotkor murabbiy va Filippo Indzagi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, unga beshta o‘yin kifoya qildi. Bu pasayish sabablaridan biri murabbiylarning doimiy almashinishidir. Kelgusi o‘yinlarda Stefano Kolantuonoga ishonch bildiriladi - va bu 2023/24 yilgi mavsum uchun to‘rtinchi marta murabbiyning almashinishidir.

“Salernitana” o‘tgan yilni klubni A Seriyada saqlab qolishga yordam bergan Paulo Sousa bilan boshladi. Ammo muvaffaqiyatni mustahkamlashning iloji bo‘lmadi: portugaliyalikning ishdan bo‘shatilishi ko‘p kuttirmadi. Jamoa birgina kubokdagi o‘yinni aytmasa ("Ternana" bilan atigi 1:0). qolgan barcha uchrashuvlarda yutqazaverdi. Achinarli tarzda to‘plar farqi 4:17ga yetdi. Oltita mag‘lubiyatdan uchtasi halokatli tarzda sodir bo‘ldi. Natijada 10 oktyabrda iste’fo sodir bo‘ldi.

Filippo Indzagi Sousaning o‘rniga keldi va dastlab "Kalyari" bilan 2:2 hisobidagi durang o‘ynadi. "Salernitana" turnir jadvalida so‘nggi o‘ringa tushib ketdi, biroq natijalar biroz yaxshilandi: oktyabr oyi oxirida Italiya kubogida “Sampdoriya” mag‘lub etildi, "Verona"dan uch ochko olindi (1:0), undan oldingi o‘yinda esa "Milan" bilan 2:2 hisobi qayd etilgandi. Ular deyarli yirik mag‘lubiyatsiz vaqtni o‘tkazishdi. Dekabr oyi o‘rtalarida faqat "Atalanta"dan halokatli mag‘lubiyat qabul qilib olindi (1:4). Keyin yana pasayish: yettita o‘yinda g‘alabasiz seriya va kubokda “Yuventus”dan 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat. "Empoli"dan ham 1:3 hisobida yutqaziq sodir bo‘lgandan keyin barcha sabr tugadi - Indzagi ham ishdan bo‘shatildi.

Fabio Liverani mavsumdagi uchinchi murabbiyga aylandi. 47 yoshli italiyalik 2022 yilning dekabridan beri B seriyada "Kalyari"dan iste’foga chiqarilganidan keyin murabbiylik qilmayotgandi. Liverani safarda “Inter”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Indzagidan farqli o‘laroq, Fabio bor-yo‘g‘i beshta o‘yinda ishladi: durang va to‘rtta mag‘lubiyat, to‘plar farqi 3:12 va jamoa jadvalda hamon oxirgi o‘rinda qoldi. Klub “Lechche”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng murabbiy bu lavozimidan olib tashlandi, murabbiy bor-yo‘g‘i bir oy ishladi.

19 mart kuni klub Stefano Kolantuononi mavsum oxirigacha qabul qilib oldi. Bundan tashqari, "Salernitana" muxlislari klubga Indzagini qaytarishi mumkinligini yozishdi. Pipponing 2025 yilgacha shartnoma imzolashini talab qilishdi. Yakunda Kolantuono tanlandi. Frank Riberining o‘zi unga yordam berishga chaqirilgandi! Fransuz futbolchilik faoliyatini 2022 yilda "Salernitana"da yakunlagan. Biroq Frank bu taklifni rad etdi va oilasi bilan Myunxenda qoldi. Darvoqe, Riberi allaqachon murabbiylik mashg‘ulotlarini yakunlamoqda: fevral oyida u “Bavariya” yoshlar jamoasini qabul qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu bilan barcha muammolar tugab qolmaydi. "Salernitana" uchun 2023/24 yilgi mavsum qiyinchiliklardan iborat bo‘lib qoldi. Eng dolzarb muammo jamoaning asosiy to‘purarlaridan biri Bulaye Dia bilan bog‘liq: senegallikning barcha turnirlarda to‘rtta goli bor. Dia o‘tgan mavsumda 16 ta gol urdi. 2 mart kuni "Salernitana" “Udineze” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, murabbiy o‘yin oxirida hujumchini maydonga tushirmoqchi bo‘ldi, biroq u maydonga tushishdan bosh tortdi. Fabio Liverani o‘yindan so‘ng futbolchi bilan endi hisoblashmasligini aytdi: “Dia o‘ynashni istamadi, klub ham, men ham buni inobatga olamiz. 7-8 daqiqa qoldi, u nihoyat qaror qildi. Endi bu mening emas, bilki hamkasblarimning muammosi. Men bu yerga kelishga rozi bo‘ldim, chunki men futbolda katta ishtiyoq bilan yashayman. Men hamon omon ligada qolishga ishonaman va mening futbolchilarim ham shunday o‘ylashadi", – dedi murabbiy. Shu paytdan boshlab, Bulaye "Salernitana"ning ikkala o‘yinida ham tarkibga kiritilmadi va senegallikning umumiy golsiz seriyasi 2023 yilning noyabridan beri to‘rt oy davom etdi. Biroq, Liveranining o‘zi endi u yerda emas. Balki hujumchi Kolantuono bilan til topishar.

"Salernitana" bir yil oldin Davide Nikolani ishdan bo‘shatgandan so‘ng uni 48 soat o‘tgach yana jamoaga qaytarishgandi. Agar kontekstni bilsangiz, 2023/24 yilgi mavsumdagi murabbiylar almashinuvi ajablanarli emas. "Atalanta"ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘lgach, klub Nikolani chetlatdi va ularni chetlatish hayratga solmadi. "Salernitana" prezidenti Danilo IYErvolino murabbiyga qo‘ng‘iroq qilib, sabablarini aytdi. Nikola ularni qabul qildi, lekin jamoada qolishni juda xohlashini aytdi va u qat’iyat bilan IYErvolinodan fikrini o‘zgartirishni so‘radi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Davide emosional holatga tushib qoldi: “Men bu og‘ir mag‘lubiyat uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga oldim. Chunki men bu jamoaga ishonaman. Men prezidentdan iste’foga chiqish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘radim, chunki futbol qurishni xohlaydigan insonga bu qarorlar yoqmasligi aniq. Men "Salernitana"ni yaxshi ko‘raman va bu loyihaga ko‘r-ko‘rona ishonaman. Bular men ajralishni istamaydigan odamlardir. Menga qo‘ng‘iroq qilgani uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman. Buning uchun men uning ishonchini bor kuchim va bor ishtiyoqim bilan oqlamoqchiman", – dedi murabbiy. Ko‘rinishidan, bu IYErvolinoga ta’sir qilgan. 48 soat ichida murabbiy yana joyiga qaytarildi! 

Biroq Nikolaning missiyasi uzoq davom etmadi: 2023 yil fevral oyida u yana ishdan bo‘shatildi. Sababi A Seriyaning to‘rtta uchrashuvidagi uchta mag‘lubiyat endi rahbariyatga og‘irlik qildi. 

Kiritildi: 21:12, 24.03.2024.
O'qildi: 1526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.