Qanot yarim himoyachisi Leroy Sanening kelajagi noaniqligicha qolmoqda. "Bavariya" 28 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda, ammo Sane yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Sanega Angliya Premyer-ligasining ikki top-klubi "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.
Leroy Sanening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari yulduz futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.