Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

"Manchester Yunayted"ning moliyaviy ahvoli yaxshi emas. Klub yangi egasining puli nimaga sarflanadi?

"Manchester Yunayted"ning moliyaviy ahvoli yaxshi emas. Klub yangi egasining puli nimaga sarflanadi?

Baho:
+ | -

Dekabr oyi oxirida "Manchester Yunayted" yangi xo‘jayin topdi. Britaniyalik biznesmen ser Jim Retkliff klubning 25% ulushini 1,6 milliard dollarga sotib oldi va uning rivojlanishiga yana 300 million dollar sarmoya kiritishga va’da berdi. Gleyzerlar oilasi, muxlislarning "Manchester Yunayted"da hokimiyat butunlay o‘zgarishini kutishlariga qaramay, qolishdi.

Britaniyalik biznesmen sarmoyadan tushgan daromad haqida o‘ylamasligini, chunki "Yunayted"ga sarmoya kiritish ortida uning shaxsiy manfaatlari turganini ta’kidladi. "Shubhasiz, sport orqali odamlar kompaniyalarim haqida bilib olishadi", dedi Retkliff.

Tadbirkor darhol klubning futbol faoliyatiga e’tibor qaratishini aytdi, shu bois "Old Trafford"ga kelgan paytdan boshlab u barcha sport masalalarini o‘z nazoratiga oldi. U murabbiy, sport direktori va futbol jihatlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqa rahbarlarning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda to‘liq kart-blanshga ega. Bu klub ulushini sotib olish bo‘yicha kelishuv shartlari edi.

Asosiy maqsad – stadionni yaxshilash

300 million dollar ikki to‘lov shaklida keladi: 200 million dollar tranzaksiya tugagandan so‘ng, yana 100 million dollar shu yil oxirigacha. Retkliff yangi stadion haqida ko‘p gapiradi, ammo bu mablag‘ yetarli emasligi aniq. 2022 yilda potensial arena qurilishi rejalari 1 milliard funt sterlingdan oshiqroq deb baholangan edi. Rekonstruksiya kamroq xarajat talab qiladi, ammo bu holatda klub yutqazadi. Klub stadionga tashrif buyuruvchilar orqali umumiy daromadning 21% ni topadi.

eyetkliff nafaqat klubning eng muhim merosi va jamoat markaziga aylanib qolmay, balki "Uembli" bilan raqobatlashadigan stadionni orzu qiladi. Tadbirkor 90 ming tomoshabinga mo‘ljallangan arena haqida gapirdi, biroq hozircha bularning barchasi so‘zda qolmoqda. Agar Retkliff haqiqatan ham shunday keng ko‘lamli qurilishni rejalashtirgan bo‘lsa, unda uning dastlabki sarmoyasi faqat loyihalash va qurilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli bo‘ladi.

Biroq hech kim bu pullar jamoaning yangi stadioniga sarflanishini aytmadi. 300 million dollarni hamma narsaga ishlatish mumkin: xoh maosh, xoh transfer. Garchi Retkliff futbolchilarni sotib olishga ko‘p pul sarflash taraqqiyot va farovonlik yo‘li emas, deb hisoblasa ham. Shu bois, “Manchester Yunayted” Jud Bellingem yoki Kilian Mbappe kabi super yulduzlarni qo‘lga kiritishga urinmaydi ham.

Retkliffning rejasi bu pulni maxsus stadion uchun ishlatishdir. Bu faqat rejalashtirish va dizaynning dastlabki bosqichlari uchun yetarli bo‘lsa ham. Yangi xo‘jayin uchun "Yunayted" muxlislariga yangi uy sovg‘a qilish juda muhim, chunki tomidan suv oqayotgan "Old Trafford" endi klub standartlariga mos kelmaydi. Stadion daromad oqimini ham oshiradi, Retkliff buni ochiq aytdi: "Futboldagi yangi muammolardan biri moliyaviy feyr-pley, bu yerda siz o‘z imkoniyatlaringiz doirasida yashashingiz kerak, shuning uchun qancha pulingiz bo‘lsa, shuncha yaxshi yashashingiz mumkin".

Retkliff kelganidan beri klub aksiyalari 25% ga tushib ketdi, chunki tender taklifi bo‘yicha noaniqlik uzoq vaqt saqlanib qoldi (ya’ni, uning aksiyalarni qanchaga sotib olishi). U bir aksiya uchun 33 dollar to‘ladi, bu klub aksiyalari uchun 20% ko‘proq. Tender taklifi yopilgandan so‘ng, aksiyalar pasayishda davom etdi va endi har bir aksiya 13,81 dollarni tashkil etadi. 26 dekabrda, sotib olish e’lon qilinganida, har bir aksiya narxi 20,50 dollarni tashkil etdi.

Yozgi transferlar oynasi oldidan klubning moliyaviy ahvoli zo‘r, deb ta’riflanmagan. Shu bilan birga, "Yunayted" FFP qoidalarini buzmasdan yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun byudjetini oshirishga intilmoqda. "Manchester Yunayted" bosh operasion direktori Kollett Rosh "Everton" va "Nottingem Forest"ning so‘nggi paytlarda qoida buzarliklari uchun ochko olib tashlangan holatni keltirib, qoidalarga rioya qilish muhimligini ta’kidladi. O‘tgan yozda klub UEFA tomonidan "kichik qoidabuzarliklar" uchun 326 000 dollar jarimaga tortilgan edi.

2022/2023 yilgi mavsumda rekord darajadagi 648,4 million funt sterlinglik daromadga qaramay, klub Chempionlar ligasida ishtirok etmadi, bu esa translyasiya daromadlarining pasayishiga va xarajatlarning oshishiga olib keldi. Ish haqi xarajatlari pasaygan bo‘lsa-da, ular hali ham yiliga 331,4 million funt sterlingni tashkil etadi.

Ammo klubning asosiy muammosi qarzdir: umumiy majburiyatlar 507,3 million funtni tashkil etdi, kredit bo‘yicha foiz to‘lovlari esa 20,6 million funtdan 31,9 million funtga ko‘tarildi.
Klubda 40 million funt sterling sarflashi mumkin bo‘lgan "aylanuvchi kredit liniyasi" (overdraft) mavjud. Bu 105 million funt sterlinggacha bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash va Premer-liganing rentabellik va barqarorlikni baholash testidan o‘tish uchun yetarli bo‘ladi. Bunday holda, Retkliffning sarmoyasi kerak bo‘lmaydi va va’da qilingan 300 million dollarni stadion qurilishi uchun ajratish mumkin.

Kiritildi: 13:40, 25.03.2024.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.