Kataloniyaning "Barselona" klubi afsonaviy himoyachilaridan biri Jerar Pike "ko‘k-anorranglilar" akademiyasida o‘ynab yurgan kezlarini yodga oldi.
"Yoshlar jamoasida o‘ynaganimizda, o‘yinlar juda zerikarli o‘tardi. Chunki biz har doim Messi tufayli o‘yinlarda 30:0, 35:0 hisobida g‘alaba qozonardik. U hamma nuqtadan gol urardi. O‘sha paytlardan men, Fabregas va Messi juda yaqin edik", - dedi sobiq himoyachi Movistar telekanaliga.