Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni mavsum oxirida qirollik klubi bilan shartnomasi tugaydigan jamoadoshi Toni Kroosning saviyasi haqida gapirdi.
“Kroos barcha davrlarning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. U bu mavsumda ajoyib darajada yuqori saviyada o‘ynamoqda. Mavsum oxirida faoliyatini yakunlash va yuqori natijalarga erishish haqida o‘ylamoqda. Buni tushunish qiyin, lekin uning o‘z haqiqati bor", — deb Tchuameni so‘zlarini keltiradi The Bridge.
Eslatib o‘tamiz, Kross yaqinda Germaniya terma jamoasiga qaytdi va birinchi o‘yinda Tchuameni o‘ynayotgan Fransiyaga qarshi o‘yinda golli uzatmani amalga oshirdi.