Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Real" Agirresabalani sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda

"Real" Agirresabalani sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Bilbaoning "Atletik" klubi darvozaboni Xulen Agirresabala Ispaniyaning mashhurroq klubiga o‘tishi mumkin.

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli darvozabonni o‘z safiga "Real Madrid" qo‘shib olishga qiziqmoqda. Agirresabalaning "basklar" klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. "Atletik" o‘z posbonini 40 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid"ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohati sabab ushbu mavsum oxirigacha safdan chiqqan. Uning o‘rniga ukrainalik Andrey Lunin "Qirollik klubi" darvozasidan joy oldi. "Real" La Ligada peshqadam va Chempionlar Ligasida chorak finalga chiqdi.

Kiritildi: 14:18, 27.03.2024.
O'qildi: 2468 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик