"Vilyarreal" yarim himoyachisi Daniel Parexo futbolchilarga ommaning munosabati haqida gapirdi.
Parexoning so‘zlariga ko‘ra, aslida barcha o‘yinchilar u yoki bu darajada dushmanlikka duch kelishadi.
"Muxlislar o‘yin davomida mening ism-sharifimni tez-tez tilga olishadi, xususan, "mast" deb menga ko‘p marta murojaat qilganliklarini eshitganman, lekin e’tibor bermayman", - deya ispaniyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Italiyaning ITAsportPress agentligi.