Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ivan Rakitich: «Florentino Peres shunchaki, maqtovga loyiq!»

Ivan Rakitich: «Florentino Peres shunchaki, maqtovga loyiq!»

Baho:
+ | -

La Liga muxlislari hamon ayni payt Saudiya Arabistonining «Al-SHabab» klubida kissasini to‘ldirayotgan Ivan Rakitichni shirin entikish bilan esga olishadi.

Axir xorvatiyalik yarim himoyachi «Sevilya» va «Barselona» hayotida yorqin iz qoldirdi, Ispaniyada ko‘plab sovrinlar yutdi. Qiziq, Ivan La Liga bilan xayrlashganidan so‘ng Ispaniya futboli haqida nima deydi? U yaqinda Marca nashriga bergan eksklyuziv intervyusida nafaqat Saudiyadagi yangicha hayoti, balki ispan futbolining ayni holati yuzasidan fikr bildirdi.

- Ar-Riyodga kelganingizda, birinchi navbatda nima e’tiboringizni alohida tortdi?

- Futbolga muhabbat, istak va ishtiyoq. Mana, klub bazasiga har kuni yuzimda tabassum bilan kelyapman. Odamlar bilan gaplashish asnosida bu yerda nimalar bo‘layotganini teranroq anglashni istayman. Saudiya futboli haqida so‘z ochilsa, ko‘pchilik asosan behisob pulni tilga oladi. Lekin arablar futbol taraqqiyoti yo‘lida kundan-kunga nimalarga qo‘l urishayotganini bevosita ko‘rish - g‘oyat yoqimli.

- Xo‘sh, sizda mahalliy futbol o‘sishiga yordam berish masalasida qoniqish bormi?

- Ha. O‘ylaymanki, aksariyat legionerlar yaqqol taraqqiyot ortidan qandaydir hayajonni his qilishmoqda. Har holda, shaxsan menda katta qoniqish barq urmoqda. O‘zi bu yerga kelishdan oldin Saudiya futbolini 2030 yilgacha keskin rivojlantirish loyihasi bilan tanishgach, mamlakatda aynan shunday ko‘tarinkilik ko‘rishni istagandim. Valiahd shahzoda Saudiya Arabistoni qadriyatlarini butun dunyoga ko‘rsatish niyatida va bu ish sport orqali amalga oshiriladi. Ajabmas, Saudiya bora-bora sport va futbol olamining markaziga aylansa.

- Saudiya futboli ham hayratga solyaptimi?

- Bu yerda futbol saviyasi hali Yevropadagidek emasligini tushunish kerak, muhimi, o‘sish sur’ati juda baland. Ha, ehtimolki, La Ligada bo‘lgani kabi stadionga har safar futboldan zavqlanish uchun 40 ming muxlis tushmas, ammo kuchli ehtiros bor, baribir. Ayrim kichikroq stadionlarda ham go‘zal futbol ko‘rish uchun ulkan ishtiyoq-istak yaqqol seziladi. Menimcha, futbolchi uchun eng yaxshisi - go‘zal muhit. Qolaversa, iste’dodli saudiyalik futbolchilar ham yetarli. Biz ularga ayniqsa, taktik jihatdan yordam berishimiz, professional xilqatlarni singdirishimiz kerak.

- «Al-SHabab» deylik, «Barselona»dan nimasi bilan farqlanadi?

- «Shabab» - katta tezlikda o‘sayotgan klub. Saudiyada o‘ziga yarasha tarixi bor eng qadimiy jamoalardan biri. Klub prezidenti sanalgan shahzoda hamisha biz bilan hamnafas ekanligi ham juda muhim, albatta.

- Endi Ispaniya futboli haqida: «Barselona» va «Real» raqobatini qanday baholaysiz?

- Barchasi xuddi bolalikdagi qiz do‘stingizga o‘xshaydi. Uni yo‘qotmaguningizcha bee’tibor qaraganingizni anglamaysiz. «Real» hammasini asta-sekin, reja asosida bajardi, ammo «Barselona» bu borada biroz shoshgan bo‘lishi mumkin. Ishonchim komil, Gavi va Pedri hali «Barsa» kelajagiga aylanishadi, shuningdek, Ispaniya milliy jamoasida ham katta rol bajarishadi. Faqat buning uchun sabr bilan izchil ishlash kerak. Shuningdek, iqtidorlarni oldiga eski gvardiya vakillarini qo‘yish ham foyda keltiradi. Shubha yo‘q, «Real»da Bellingem va u kabi yigitchalar Toni Kroos hamda Luka Modrichdan ko‘p narsa o‘rganishmoqda.

- Sizningcha, yaqin kelajakda qaysi klub hukmronlik o‘rnatishi mumkin?

- «Real» bir necha yillik gegemoniyani ta’minlay oladigan jamoa tuzishda to‘g‘ri yo‘ldan bordi. «Madrid»ga hamisha katta hurmat bilan yondashaman, garchi ko‘p yillar davomida men uchun asosiy raqib sanalgan bo‘lsada. Xususan, Florentino Peres oldida shlyapani yechishimiz kerak. Unda aniq reja bor, amalga oshirayotgan ishlari tahsinga sazovor. Bilamizki, boshqa klub prezidentlari Peresni har doim ham to‘g‘ri qabul qilishmaydi. Lekin tan olish kerak, «Real» rahbarining qarorlarida hammasi mujassam - strategiya, sport natijalari, moddiy manfaat, nufuzli futbolchilar... Xullas, Peresni alohida tabriklash kerak.

- Joriy mavsum La Ligada qaysi klub chempion bo‘ladi, sizningcha?

- «Real»! Bunga shubha yo‘q.

- CHL haqida nima deya olasiz?

- Agar «Barselona» g‘olib chiqishi haqida gap ketsa, bunga shubham bor. Klub hozir asosiy yevroturnirda g‘alaba qozonadigan holatda emas.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 29.03.2024.
O'qildi: 2026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.