Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Zaynab Dayibekova Parij-2024 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Haftani ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritdi.

Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri rasman yakunlandi. Quvonarlisi, sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisiga aylanmoqda. Qolgan yo‘nalishlardagi qilichbozlarimiz 27-28 aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan qit’aviy lisenzion turnir orqali yo‘llanma olishga harakat qilishadi.

Shuning bilan, O‘zbekiston delegasiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan lisenziyalari 26 taga yetdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:06, 01.04.2024.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик