Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Islom Mamatkazin: "Do‘stlarim gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi"

Islom Mamatkazin: "Do‘stlarim gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi"

Baho:
+ | -

“Andijon” chempionatning 4-turida o‘z maydonida “Nasaf” bilan uchrashuvda 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan xabaringiz bor. “Andijon” tarkibida iqtidorli himoyachi Islom Mamatkazin “Nasaf” darvozasini ishg‘ol qilib muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. U ortda qolgan bellashuv borasida gapirdi.

- Dastlab “Nasaf”ga qarshi o‘yin haqida so‘ramoqchiman. Qanday taassurot qoldi?

- “Nasaf” bilan uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. Ammo durang natija bo‘ldi.

- Raqib darvozasini ishg‘ol qilgan paytingizda boshqacha xissiyotlar olamiga tushib qolganingizni ko‘rdim. O‘sha holatni qanday tasvirlaysiz?

- To‘g‘ri, boshqacha hissiyot bo‘ldi. Do‘stlarimni o‘yinga taklif qilgandim. Ular gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi. Qandaydir noodatiy hissiyotlar qamrab oldi. Do‘stlarim tomonga qarab yugurdim va ularga qarab golni nishonladim.

- Rosti, bu o‘yinda gol urish haqida o‘ylaganmidingiz?

- Ha, albatta.

- 4 ta uchrashuvda himoyachi bo‘lsangizda 2 ta gol urishni uddaladingiz. Bu nimadan dalolat?

- Standart vaziyatlarda barchamiz o‘z o‘rnimizda to‘g‘ri ishni bajarayotganimizdan dalolat. Ko‘proq standartlarga e’tibor qarayotganimiz bois bundan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz.

- "Bobur Arena"dagi muhit haqida hamma gapiryapti. Siz qanday ta’rif berasiz?

- "Bobur Arena"dagi muhitga nima desa bo‘ladi? O‘yindan-o‘yinga tasvirlab bo‘lmaydigan darajada bo‘lyapti. Bunday fanatlar qarshisida to‘p surish faqat zavq keltiradi.

- Keyingi turda “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin bor. Raqib haqida nima deya olasiz va nima kutyapsiz?

- "Lokomotiv" ham kuchli raqib. Ular ham jangovar futbol o‘ynaydilar. Qiziqarli uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylayman. Muxlislarimizni xursand qilish uchun kurashamiz" - dedi Mamatkazinlar sulolasining eng kenjasi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:21, 01.04.2024.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик