Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Leo emas, balki Leonardo!

Leo emas, balki Leonardo!

Baho:
+ | -

Jahon futboli durdonasi Lionel Messi MLS ayvonidagi eng boy o‘yinchi emas. «Inter Mayami»da argentinalik yulduz bilan milliarder vorisi o‘ynamoqda.

Leonardo Kampana - sayohat ishqibozi va jamper (sakrash bo‘yicha mutaxassis).

Lionel Messi tarixdagi eng muvaffaqiyatli va ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biri, albatta. Ammo Leo chamasi 650 million dollarga teng boyligi bilan MLS tugul, hattoki, «Inter Mayami» klubida ham 1-o‘rinda emas. Afsonaviy argentinalikning klubdoshlari orasida oilasining boyligi ikki hissa ko‘p futbolchi ham bor. Gap ekvadorlik 23 yoshli Leo­nardo Kampana haqida ketmoqda. U 1,5 milliard dollarga teng boylik vorisi sanaladi. Futbolchining onasi Izabel Kampana yirik qishloq xo‘jaligi yerlari, ko‘chmas mulk va turistik markazlar egasidir. Otasi - Pablo Kampana esa ekvadorlik taniqli siyosatchi va tadbirkor. U bir necha yil oldin mamlakat savdo vaziri sifatida ishlagan, hozir o‘z yurtida yirik developerlik kompaniyasi bosh direktori va asoschisi hisoblanadi. Katta Kampana vaqtida professional tennis bilan shug‘ullangan. Xususan, Atlanta Olimpiadasi tennis turnirida Ekvador bayrog‘i ostida ishtirok etgan. Pablo 1996 yili ATP reytingida 165-o‘ringa ko‘tarilgan va keyingisida raketkalarini mixga ilgan. 51 yoshli biznesmenning futbolga muhabbati tennisga nisbatan mehridan kam emas. Har holda, o‘g‘lining klubi - «Inter Mayami» xo‘jayinlaridan biri - Devid Bekxem bilan do‘stona munosabati ham bejiz emas.

Xullas, shaxsan Pablo Kampananing o‘zi o‘g‘li futbol maktabida tahsil olishini istaydi. E’tiborli fakt: Leonardo 16 yoshida «Barselona» bilan shartnoma tuzdi, to‘g‘ri, Ispaniyaniki emas, balki Ekvadorniki nazarda tutilmoqda. Guayakil shahri klubida tajriba oshirgan kichik Kampana keyinchalik, 19 yoshida Ekvador yoshlar termasi safiga qo‘shildi va jamoa bilan Janubiy Amerika chempionatida zafar quchdi. Qolaversa, Leonardo o‘sha turnirning eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa» sovriniga ega chiqdi. Qahramonimiz shundan so‘ng Polsha mezbonlik qilgan U-20 toifasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Biroq iqtidorli hujumchining Yevropa futboliga yuzlanishi aytarli natija keltirmadi. Ya’ni «Vulverxempton» yoshlar jamoasi safidan joy olgan kichik ekvadorlik asosiy tarkibga o‘tolmadi. Shundan so‘ng Portugaliyaning «Famalikan» va Shveysariyaning «Grasxopper» klublarida qisqa vaqt ijara muddatini o‘tagan Leonardo Amerika diyoriga qaytib, «Inter Mayami» bilan shartnoma tuzdi. Aytish o‘rinli, u Florida jamoasida deyarli har 2-o‘yinida gol urmoqda.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, 23 yoshli hujumchining transfer summasi 3,5 million yevroga teng. Umuman, Leonardo hozirga qadar MLS doirasidagi jami 52ta o‘yinda 20ta gol to‘pladi. Kampana bir nechta reklama shartnomalariga ega, bu uning ota-onasidan moliyaviy madad so‘ramasligi uchun kifoya qiladi. Leonardo yana sayohat ishqibozi ham: mahbubasi Ariana bilan dunyoning turli burchaklarida bo‘lishga ulgurgan. Professional futbolchining sevimli mashg‘ulotlari orasida parashyutdan sakrash alohida o‘rin tutadi. Umuman, Leonardoning hayot tarzi ancha xilma-xil. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini doimiy ravishda osmonda uchishi aks etgan suratlari bilan boyitib boradi. Ayniqsa, Galapagos yoki Gavayi orolidagi ta’tillar vaqti olinganlari ko‘p. Kampana shuningdek, surat chizishga ishtiyoqmand. To‘g‘rirog‘i, pop-art yo‘nalishiga qiziqadigan futbolchida zamonaviy rassomlar kartinalaridan to‘plangan katta kolleksiyasi ham bor. Deylik, Mayamida mashhur rassom Leonardo Idalgo bilan do‘stlashgan. Asosiysi, Kampana argentinalik yulduz bilan o‘ynanayotganidan baxtiyor. U o‘z intervyusida Messini alohida maqtashga ham ulgurdi: «Lio­nel jamoaga ichki xotirjamlik bag‘ishlamoqda. Maydonda ba’zan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, o‘yinlar oldidan yigitlar bilan samimiy gaplashadi. Asosiysi, maydonda har narsaga qodir bo‘lsada, o‘zini hech kimdan ustun qo‘ymaydi».

ENG MASHHURI - MESSI

SSRS tahlil guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi AQSHda eng mashhur sportchi maqomini oldi. Ushbu so‘rov 30 yil oldin yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har kvartalda bir marta o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar eng sevimli sportchilarga ovoz berishadi. Xullas, Messi 2023 yilning oxirgi kvartali so‘rovida 1-o‘rinni egalladi. E’tiborli fakt: argentinalik yulduz ushbu reytingda g‘olib chiqqan ilk futbolchidir. Deylik, 2023 yilning dastlabki 3 kvartalida Tom Bredi va Maykl Jordan (2 marta) tengsiz bo‘lishgandi. Umuman, SSRS so‘rovida Maykl Jordan, Tayger Vuds, Peyton Menning, Kobe Brayant, Stefen Karri, Lebron Jeyms va Tom Bredi kabi mashhur sportchilar ko‘p bora g‘olib chiqishgan. Yana bir ma’lumot: «Inter Mayami» aynan Messi transferi ta’sirida «Los-Anjeles Geleksi»ni ortda qoldirib, AQSHning eng mashhur klubiga aylandi. Uning muxlislari soni qisqa vaqtda 5 baravar oshdi. Qolaversa, «Inter Mayami» jahonning eng mashhur klublari reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi (undan faqat «Barselona», «Real» va «MYU» oldinda).

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:00, 02.04.2024.
O'qildi: 1497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.