«Barselona», «Yuventus» va Dortmundning «Borussiya» klublarining sobiq yulduzlari hozirda Birlashgan Arab Amirliklari Pro-ligasida to‘p surayotgan unutilgan to‘pchilar qatoriga kiradi.
So‘nggi bir necha yil ichida futbol Yaqin Sharqda katta qadamlar tashlaganiga shubha yo‘q. Ayniqsa Saudiya Pro-ligasi mintaqaga ko‘plab taniqli o‘yinchilarni jalb qildi.
Biroq, Saudiya Arabistoni yulduzlarni sotib olish bo‘yicha qayiqni chetga surayotgan yagona davlat emas. Biz BAA Pro ligasini yaqindan ko‘rib chiqdik va hozirda ligada o‘ynayotgan yettita unutilgan futbolchilar haqida so‘z yuritmoqchimiz.
Andres Inyesta
2018 yilda «Barselona»ni tark etganidan beri Inyesta o‘zini Osiyoda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. U Yaponiyada "Vissel Kobe" tarkibida besh yil o‘ynadi va o‘tgan yozda BAAning «Emireyts» jamoasiga o‘tdi.
39 yoshli Inyesta hali hamon o‘zining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. Ayyorona pas va mohirona ijrolar.
Yarim himoyada shou o‘tkazish bilan bir qatorda, u joriy mavsumda bir nechta o‘yinlarda maydonga tushdi. Ispaniyalik pleymeyker «Emireyts» safida hozirgacha 14 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Adel Taarabt
Biz hali ham Taarabt kompilyasiyasini qayta-qayta tomosha qilishdan zerikmaymiz. Uning 2010-11 yilgi kampaniyasi ayniqsa QPR bilan uzoq vaqt xotirada qoladi.
Marokashlik yarim himoyachi o‘zining qorong‘u yillarida ham himoyachilarni dog‘da qoldirib kelmoqda. Taarabt «An-Nasr»ga 2022 yilda kelib qo‘shilgan va ajablanarli joyi yo‘qki, u raqobatchilardan bir pog‘ona yuqoriroq ko‘rinadi.
Sobiq «QPR» va «Benfika» futbolchisi BAAda 47 ta o‘yin o‘tkazgan va shu vaqt ichida yarim himoyachi 26 ta gol kiritgan. Aslini olganda bu juda yomon natija emas.
Miralem Pyanich
2020 yilda «Barselona»ga g‘alati ko‘chib o‘tganidan so‘ng, Pyanich hech qachon avvalgidek formasini qaytara olmadi. U «Beshiktosh» safida faoliyatini qayta tiklamoqchi bo‘ldi, biroq bu natija bermadi va 2022 yilda BAAning «Sharja» klubiga o‘tdi.
“Men «Sharja»ni tanladim, chunki ular meni jalb qilishdi. Bu yaxshi loyiha bo‘ldi", - dedi Pyanich klubga qo‘shilgach, jurnalistlarga.
34 yoshli futbolchi «Sharja» safida 54 ta o‘yinda maydonga tushdi va shu vaqt ichida 17 ta gol kiritdi.
Manolo Gabbiadini
«Sautgempton», «Sampdoriya» va «Napoli»dagi faoliyati bilan yaxshigina tanilgan Gabbiadini hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Nasr» klubida o‘ynamoqda.
32 yoshli futbolchi yozda Yaqin Sharqqa o‘tdi va u shu paytgacha 16 o‘yinda 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning shartnomasi 2026 yil yakunigacha.
Allan
Allanning «Napoli» va «Everton»dagi faoliyatini eslaysizmi? Braziliyalik yarim himoyachi 2022 yilda Yevropadagi faoliyatini yakunladi va ikki yillik shartnoma asosida "Al Vahda"ga o‘tishni afzal ko‘rdi.
U o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritishga yaqin keldi, ammo "Al Vahda" yakunda bo‘lajak chempion "Shabab Al Ahli"dan besh ochko ortda qoldi.
Uning BAA klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida nihoyasiga yetadi, shuning uchun u yozda yana harakatga kirishishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Pako Alkaser
Ispaniyalik forvard atigi 28 yoshda va u Yevropani tark etib, BAA Pro ligasiga qo‘shilishga qaror qildi.
U dastlab «Sharja»ga ijara asosida qo‘shilgan edi, garchi kelganidan ikki kun o‘tgach, «Vilyarreal» bilan shartnomasi bekor qilingan, bu esa unga BAA klubiga doimiy ravishda qo‘shilish imkonini bergandi.
Alkaser debyut mavsumida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi, garchi u yozda Yevropaga qaytishga intilayotgan bo‘lsada.
Oxir-oqibat Yevropaga o‘tish amalga oshmagan bo‘lsada, u BAAdagi hamkasbi «Emirates»ga ijaraga yuborildi va u hozirda Iniyesta bilan birga o‘ynaydi.