Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" o‘z safiga "Atletiko" himoyachisini qo‘shib olish ustida ish boshladi

"Inter" o‘z safiga "Atletiko" himoyachisini qo‘shib olish ustida ish boshladi

Baho:
+ | -

"Inter" Mario Ermosoni sotib olish ustida ish boshladi.

AS nashriga ko‘ra, "Atletiko Madrid" himoyachisi "neradzurrilar"ning himoyasini kuchaytirishdagi ustuvor vazifadir. "Inter" rahbariyati allaqachon "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmagan va yozda klubni erkin agent sifatida tark etadigan ispaniyalikning agentlari bilan bog‘langan.

Ta’kidlanishicha, Ermosoga Premyer-liga klublaridan ham bir nechta takliflar bor, biroq “Inter” himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga optimistik qaramoqda.

Oldinroq milanliklar Ermosoga yiliga 5 million yevro maosh va bonuslar bilan 4+1 shartnoma taklif qilayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 23:22, 09.04.2024.
O'qildi: 1547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик