Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay
05/07 06:00 Argentina - Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya

"Santyago Bernabeu"dagi maysa holatidan xavotir olishga o‘rin yo‘q

"Santyago Bernabeu"dagi maysa holatidan xavotir olishga o‘rin yo‘q

Baho:
+ | -

"Real Madrid" "Man Siti"ning "Santyago Bernabeu" maydonini tanqid qilishlaridan hayratga tushdi.

Kecha Madridda "Real" Chempionlar ligasi 1/4 finali birinchi o‘yinida "Manchester Siti" bilan durang o‘ynadi (3:3).

O‘yindan so‘ng "Siti" ustozi Pep Gvardiola shunday dedi: "Real" maydonni yaxshilashi kerak. Peres yaxshi maydonga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak".

Angliyalik yarim himoyachi Rodri maydonni "juda yaxshi emas" deb aytdi. Shuningdek, “Los-Blankos” futbolchilari va murabbiylar shtabi maydon holatidan norozi ekani ma’lum bo‘ldi.

AS nashri xabariga ko‘ra, "Real Madrid" tanqidlardan hayratda qolgan, chunki UEFA yoki o‘yin delegatining rasmiy hisobotlarida maydon bilan bog‘liq muammolar qayd etilmagan.

Klubni bunday bayonotlar hayratda qoldirdi, chunki bir oy ichida "Real"ning uy stadionida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazilgan, oxirgi o‘yin esa "Atletik"ga qarshi 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Ammo Madriz jamoasi 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi "klasiko" uchun maydon ajoyib holatda bo‘lishini ta’minlash uchun harakat qiladi.

Madriddagi manba shunday deydi: "Bernabeudagi o‘t 10 emas, balki 8 balga loyiq. Barcha stadionlarda shunday o‘t bo‘lishini istardim".

Kiritildi: 18:42, 10.04.2024.
O'qildi: 1572 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.