"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi haqida gapirdi.
- "Barselona" Arauxoni saqlab qolishi kerak, bunga 100% aminman. U "Barca" uchun muhim futbolchi. U biz uchun juda muhim va u boshqa jamoaga o‘tadi deb o‘ylamayman", - deya Xavining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Joriy mavsumda 25 yoshli urugvaylik barcha turnirlarda 32 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.