"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Antoni Marsyalning ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan yilning 9 dekabridan buyon jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
"Marsyal o‘ynamayapti va u mavsum oxirigacha maydonga tushadimi yoki yo‘q bilmayman. U hali ham tibbiyot xodimlarining nazorati ostida”, — deya ten Xag so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabrisio Romano.
Antoni Marsyalning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi iyun oyida nihoyasiga etadi.