Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni kechagi Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan “Malyorka”ga (1:0) qarshi o‘yindagi harakatlari haqida gapirdi. Uchrashuvdagi yagona golni fransiyalik futbolchi kiritdi.
“Orelyen? U ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Bu uning sevimli pozisiyasi. Tchuameni o‘z pozisiyasida o‘ynasa, to‘pni olib qo‘yish oson bo‘ladi. U bu o‘yinda bizga katta yordam berdi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Joriy mavsumda Tchuameni madridliklar safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.