Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Grizmanning "Atletiko"dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

Grizmanning "Atletiko"dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Antuan Grizmanning transferi haqida mish-mishlar tez-tez uchrab turadi. Biroq fransiyalik hujumchining kelajagi "Atletiko" bilan bog‘liq.

Relevo nashri xabariga ko‘ra, "matraschilar" 33 yoshli Grizmann bilan shartnomani uzaytirmoqchi, futbolchi shuni istamoqda. Tomonlar bu masala muvaffaqiyatli hal etilishiga ishonch bildirmoqda.

Antuan Grizmanning Madriddagi amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq, futbolchi qaysidir bosqichda o‘zini MLSda sinab ko‘rish istagi borligini ma’lum qilgandi.

2023/2024 yilgi mavsumda Antuan Grizmann 41 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va sheriklariga 8 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 21:53, 14.04.2024.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик