Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Tuxel oltita sovrinning bittasini qo‘lga kiritdi

Tuxel oltita sovrinning bittasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Tomas Tuxel boshchiligidagi "Bavariya" chempionlik maqomini yo‘qotdi.

"Bayer" bugun mavsum yakunida Bundesligada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bungacha “Bavariya” ketma-ket 11 yil Germaniya chempioniga aylangandi.

2023 yil mart oyi oxirida bosh murabbiy etib tayinlangan Tomas Tuxel qo‘l ostida myunxenliklar shu paytgacha oltita sovrindan faqat bittasini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumda "Bavariya" so‘nggi turda Dortmundning "Borussiya" jamoasini mag‘lub etishning uddasidan chiqib, Germaniya chempioniga aylangandi. Shuningdek, Tuxel qo‘l ostida jamoa ikki marta Germaniya kubogidan chiqarib yuborilgan - 2023 yilning aprelida "Frayburg" 1:2 va noyabrda "Saarbryuken" jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Avgust oyida Germaniya Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda myunxenliklar “Leypsig”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (0:3). O‘tgan yilning bahorida "Bavariya" Chempionlar ligasi pley-off bosqichida "Manchester Siti"ga umumiy hisobda (0:3, 1:1) mag‘lub bo‘lgan va chorak final bosqichidan chiqib ketgandi.

Joriy mavsumda Tuxel shogirdlari asosiy yevrokubokdagi kurashni davom ettirmoqda. Birinchi chorak final uchrashuvida “Bavariya” raqib maydonida “Arsenal” bilan durang o‘ynadi (2:2). Javob o‘yini 17 aprel kuni "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa, “Bavariya” shu kungacha Tuxel qo‘l ostida beshta turnirda mag‘lub bo‘ldi va bittasida g‘alaba qozondi. Myunxenliklar bu mavsumda Chempionlar ligasi kubogini ko‘tara oladimi yoki yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Kiritildi: 22:49, 14.04.2024.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.