Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Bahodir Jalolovning “Humo Arena”dagi jangi nega bekor qilingani ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning “Humo Arena”dagi jangi nega bekor qilingani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

“Humo Arena”da 14 aprel, yakshanba kuni “IBA Chempionlar oqshomi” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu jang oqshomida Bahodir Jalolov ham ishtirok etishi kerak edi. Biroq, jangdan oldinroq, Jalolov turnirda ishtirok etmasligi haqida xabarlar chiqdi. Uning o‘rnini esa Jahongir Zokirov egalladi.

O‘zbekiston boks federasiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev Bahodir nega bu oqshomda jang qilmagani haqida gapirdi.

"Xabaringiz borki, Xalqaro boks assosiasiyasi 2021 yildan professional va yarim professional boks musobaqalarni tashkil etishni boshladi. Toshkent ushbu musobaqalarni tashkil etishda katta tajribaga ega, bundan tashqari poytaxt 2023 yilda boks bo‘yicha jahon chempionatini qabul qildi.

Ushbu kechani tashkil etishda Xalqaro boks assosiasiyasi prezidenti Umar Kremlyov muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi va unda O‘zbekiston poytaxti yutib chiqdi.
Ushbu musobaqa o‘zbekiston bokschilari uchun galdagi bellashuvlar uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

O‘zbekiston kelajakda har qanday xalqaro boks musobaqalarni o‘tkazishga tayyor.

Bahodir Jalolovning bu jangga tayyorlanayotgan edi. Ozarbayjondagi musobaqadan qaytgach, bokschida shamollash alomatlari sezildi. Bahodir Jalolov hozirda bor e’tiborini Olimpiada bahslariga qaratgani uchun murabbiylar kengashi kelishib yosh Jahongir Zokirovga imkoniyat berishga qaror qildi", — dedi Shohid Tillaboyev.

Bahodir o‘rniga ringga ko‘tarilgan Jahongir Zokirov Xorvatiya vakili Agron Smakichini ochkolar evaziga mag‘lub etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:09, 15.04.2024.
O'qildi: 4574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.