Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Reyting: Samaradorlik silsilasi

Reyting: Samaradorlik silsilasi

Baho:
+ | -

Yevropada futbol mavsumi tobora eng yuqori notaga chiqmoqda.

Transfermarkt portali esa o‘yinlar zanjiriga parvo qilmay, 9 aprel holati bo‘yicha mavsum-2023/2024ning eng samarador futbolchilaridan o‘ziga xos oltilik ro‘yxatini tuzdi. Bunda qit’aning eng kuchli 5ta ligasi vakillarining barcha turnirlardagi gollari va assistlari hisobga olingan. Xo‘sh, futbol lokomotivida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha kimlar oldinda borishmoqda?

5-6-o‘rinlar. Olli Uotkins. «Aston Villa» hujumchisi 9 aprelga qadar o‘zi ishtirok etgan turnirlarda jami 22ta gol urib, buning yoniga 10ta samarali uzatmani ham qo‘shib qo‘ydi. 32 ochko!

5-6-o‘rinlar. Pyer-Emerik Obameyang. «Marsel»da go‘yoki birdaniga ikkinchi yoshligini boshlab yuborgan gabonlik hujumchi ham 32 ochko yig‘di 9 aprelga qadar. Farqi shuki, Obameyangda gollar soni 23ta, assistlar esa 9ta.

3-4-o‘rinlar — Erling Xoland. Norvegiyalik «yirtqich» olingan davr mobaynida «Manchester Siti» uchun 29ta gol hosil qildi. U shuningdek, 6 marta gol hammuallifi bo‘ldi - 35 ochko.

3-4-o‘rinlar — Muhammad Saloh. «Liverpul»ning misrlik yetakchisi samara keltirish borasida Erling Xolanddan aslo qolishayotgani yo‘q. To‘g‘ri, Saloh hisobidagi 35 ochkoda ikki bo‘g‘in ulushi boshqacha: 22ta gol va 13ta assist.

2-o‘rin — Kilian Mbappe. Fransiyalik hujumchi yozda «PSJ» bilan munosib xayrlashish yo‘lida naq 39ta gol urdi va 8ta assist ham to‘pladi. Xullas, «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 47 ball.

1-o‘rin — Xarri Keyn. Angliyalik hujumchiga achinasan kishi. Sovrin ishqida «Tottenxem»dan ko‘ngil uzib, tinmay chempion bo‘ladigan va kubok yutadigan «Bavariya»ga o‘tgan futbolchi hamon o‘z ishini zo‘r bajarmoqda - 9 aprelgacha barcha turnirlarda 37ta gol va 12ta samarali uzatma. Ammo shunisi borki, Myunxen klubi sovrinlardan uzoqlashdi...

P. S.: e’tiborga olish kerak, bu reyting haftadan haftaga o‘zgarib boradi. Misol uchun, ro‘yxatga tushgan Olli Uotkins, Pyer-Emerik Obameyang va Garri Keyn o‘tgan hafta o‘rtasidagi yevrokubok bahslarida o‘z statistikalarini yaxshilashdi. Qolaversa, bunga hafta oxiridagi tur o‘yinlari natijalari ham hisobga kiritilmagan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 16.04.2024.
O'qildi: 1351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик