Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Barselona" kechagi mag‘lubiyat tufayli katta pullardan mahrum bo‘ldi

"Barselona" kechagi mag‘lubiyat tufayli katta pullardan mahrum bo‘ldi

Baho:
+ | -

UEFAning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Chempionlar Ligasi chorak finalidan chiqib ketgani uchun "Barselona" 74,5 million dollar (70 million yevro) miqdorida daromad olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Buning sababi shundaki, "PSJ"ga mag‘lubiyati tufayli "Barsa" keyingi yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga chiqish orqali keladigan 53,2 million dollar (50 million yevro)ni ishlab olish huquqidan darhol mahrum bo‘ldi.

Vaziyatga ko‘ra, "Atletiko Madrid" va "Real Madrid" Ispaniyadan yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Agar jamoa so‘nggi to‘rtlikka kirganida, UEFAdan mukofot puli sifatida yana 13,3 million dollar (12,5 million yevro) ishlab olgan bo‘lardi.

Shuningdek, homiylik va televideniye pullari uchun taxminan 6,4 million dollar (6 million yevro) kutilgan edi. 

Manba: forbes.com
Kiritildi: 19:21, 17.04.2024.
O'qildi: 3693 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик