Kirish Ro'yxatdan o'tish

UEFA “Barselona”ni jarimaga tortdi

UEFA “Barselona”ni jarimaga tortdi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalida “Barselona” “PSJ”ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

O‘yindan so‘ng Parij klubi UEFAga shikoyat xati yo‘lladi. Unda “Barselona” muxlislari tomonidan futbolchi Usmon Dembelega nisbatan irqchilik kayfiyatidagi ishoralar qilingani, haqoratlar bo‘lgani aytib o‘tilgan.

Birinchi o‘yindan oldin ham “Barselona”ning ikki muxlisi nasistik ishora qilgani uchun qo‘lga olingandi.

Natijada, UEFA “Barselona”ni 32 ming yevro jarimaga tortdi. Shuningdek, keyingi bir yil davomida ushbu holat yana takrorlansa, “ko‘k-anorranglilar” muxlislari navbatdagi mehmondagi o‘yinga qo‘yilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalga yo‘l olgan “PSJ” “Borussiya D” bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:48, 18.04.2024.
O'qildi: 4510 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик