Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Server Jeparov: "O‘zbekiston kubogida guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqish vazifasi qo‘yilgan"

Server Jeparov: "O‘zbekiston kubogida guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqish vazifasi qo‘yilgan"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Lokomotiv BFK" (4:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Server Jeparov fikrlarini bildirdi.

"Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik va kutganimizdek bo‘ldi. Raqib yosh jamoa bo‘lishiga qaramasdan munosib harakat qildi. Vaziyatlar yaratishdi. Bizning yigitlar esa ularga imkon qoldirishmadi. Yuqori pressing qilishdi va hujumlarni tezda rivojlantirishdi. Oldimizda guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqish vazifasi turibdi. Shu bois bugun yirik hisobda yutishimiz shart edi. Birinchi bo‘limda hisob 5:0 bo‘lishi mumkin edi. Lekin qiladigan ishlarimiz ko‘p. Hujumchilar vaziyatlardan foydalanishda yanada aniqroq xarakat qilishlari kerak. Futbolchilarga rahmat aytaman. Umumiy planda ular ko‘rsatmalarni bajarishdi", - dedi Server Jeparov.

- Rian Islamovni o‘smirlar terma jamoasida o‘ynayotgan vaqtidan bilamiz. Unga katta futbolda nima yetishmayapti?

- Rian juda yaxshi futbolchi. Faqat unga vaqt kerak. Jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tkazdi. O‘yin amaliyoti yetarli bo‘lmayotgandi. Rian bugun ikkinchi 90 daqiqalik o‘yinni to‘liq o‘tkazdi. 80-daqiqalarda almashtirishni o‘ylagandik. Unda katta salohiyat bor. Shu bois oxirigacha imkon berdik. Kuchli tomonlarini ko‘rsata oldi. Aytganimdek vaqt va o‘yin amaliyoti zarur.

- OTJ tarkibiga kira olmaganlar uchun kubok bahslari qanchalik foydali bo‘lyapti?

- Kubok bahslarida o‘zini ko‘rsatishi uchun barchada imkon bor. Ularga doim buni aytib kelaman. Shu orqali sport formalarini ushlab turishadi va o‘yin amaliyoti olishadi" - dedi Jeparov.

Kiritildi: 21:58, 20.04.2024.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.