Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

"El-klasiko" tarixidagi eng yomon haqoratlar

"El-klasiko" tarixidagi eng yomon haqoratlar

Baho:
+ | -

"El-klasiko" dunyoning eng kuchli ikkita jamoasining ashaddiy  qarama-qarshiligi hisoblanadi. Bundan nafaqat maydonda o‘yin boradi, balki futbolchilar o‘zaro bellashuvga ham kirishadi. Yillar davomida ayrim "Real" va "Barselona" futbolchilari raqibiga bahs davomida haqorat bilan murojaat qilgan. Ulardan so‘nggisi Xordi Albaning Rafael Varanga aytgan so‘zlari edi. U fransuzga qarata shunday deydi: "Kalamushga o‘xshaysan. Senda hattoki haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q".
Quyida shunga o‘xshagan haqoratlar haqida bilganlarimizni bo‘lishamiz.

Lionel Messi va Serxio Ramos

Messini futboldagi daho sifatida bilamiz. Haqiqatdan ham shunday. U o‘zining og‘ir va bosiqligi bilan atrofdagilardan ajralib turadi. Ammo ayrim vaziyatlar bo‘lganki, Messining ham sabri chidamagan. 2017 yilda Messi Ramos bilan to‘qnash keladi. O‘shanda Ramos to‘pni Messining qo‘liga bermay, uning boshi uzra otadi. Bu qiliqdan keyin Messi Ramosni "La concha de tu madre" deya onasidan so‘kkan. Ispan tilini biladiganlar bu so‘zni yaxshi tushunadi.

Joze Mourinyo va Pep Gvardiola

Mourinyo Gvardiolani chiroyli ravishda, qog‘ozga o‘rab haqorat qilgan. 2010/11 yilgi mavsumda portugaliyalik mutaxassis, kataloniyaliklarga mag‘lubiyatdan keyin Gvardiola haqida shunday deydi: "Gvardiola fantasik murabbiy. Ammo men 2 bor YECHLda g‘olib chiqqanman. U esa bir martagina xolos. Mana shu narsagina meni xafa qiladi. Agarda bu yil Gvardiola YECHLda g‘alaba qozonsa, bu narsa ularning zo‘r ekanini emas, balki "Bernabeu"da ishkal borligini anglatadi. Umid qilamanki, bir kun kelib Gvardiola hech qanday ishkallarsiz, o‘z kuchi bilan YECHLni oladi".

Samyuel Eto'o va butun boshli "Real"


Eto'o hech qachon "Real"da o‘zini ko‘rsata olmagan. U o‘smirligida Madrid klubi akademiyasiga olib kelinadi. Ammo jamoaga moslashib keta olmaydi. Eto'o "Real" bilan faqatgina 7 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Hujumchi Madridda qiyin davrlarni o‘tkazadi. U 2005 yilda "Barselona" libosida ilk bor Ispaniya chempioni bo‘lganida, xursandchiligidan "Madrid, yaramas "Real" ko‘rib qo‘y meni, chempionlarga sharaflar ayt", deya qichqirgan ekan. Bu voqeadan ko‘p o‘tmay, Eto'o uzr so‘rab chiqib, hech kimni kamsitish niyati yo‘q ekanini, hurmatsizlik qilgani uchun kechirishlarini iltimos qiladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 09:41, 23.04.2024.
O'qildi: 6207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.