Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Arsenal" "Blekbern"ning 30 yil avvalgi noodatiy rekordini takrorladi

"Arsenal" "Blekbern"ning 30 yil avvalgi noodatiy rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi Angliya Premyer-ligasining bir mavsumida o‘z uyida "Chelsi" (5:0), "Liverpul" (3:1), "Manchester Siti" (1:0) va "Manchester Yunayted" (3:1)ni mag‘lub etdi.

Manbaga ko‘ra, avvalroq Premyer-liga tarixida 30 yil oldin buni faqat "Blekbern" qila olgan ekan. O‘shanda 1993/1994 yilgi mavsumda "Rovers" bir mavsumda "Chelsi" (2:1, 2:0), “Manchester Yunayted” (2:0, 1:1), "Liverpul" (1:0, 2:0), "Manchester Siti" (2:0)ni mag‘lub etib, ikkinchi o‘rinni egalladi .

Angliya chempionatining 34-turidan so‘ng “Arsenal” 77 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Liverpul” 33 o‘yinda 74 ochko jamg‘argan. “Manchester Siti” 32 o‘yindan so‘ng 73 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Kiritildi: 08:26, 24.04.2024.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик