Konor Gallaxer "Chelsi"da majburiyat yo‘qligi haqidagi fiklarni rad etdi.
“Ko‘klar” sardori “Arsenal”ga qarshi (0:5) APL doirasidagi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz, albatta, harakat qilamiz. Bu barcha yigitlar uchun qanchalik muhimligini bilaman. Bizda juda yosh jamoa bor, biz Premyer-ligada unchalik tajribaga ega emasmiz.
Bizda ko‘p yuksalishlar va pasayishlar bo‘ldi va biz keyingi bosqichga chiqish uchun jamoa sifatida takomillashyapmiz. Oldinga siljishda nimalarni yaxshilashimiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz”, - dedi Gallaxer.