Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 1-0 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga yo‘l olganimizdan juda xursandman"

Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga yo‘l olganimizdan juda xursandman"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida:
"Avvalo yarim finalga yo‘l olganimizdan juda xursandman. Vyetnam terma jamoasi va bosh murabbiy Diyegoni yaxshi o‘yin ko‘rsatgani bilan tabriklayman. Uchrashuv ikki jamoa uchun ham og‘ir bo‘ldi. Ammo qiyinchiliklarga qaramasdan, o‘yinni nazorat qila oldik. Bahs yakunlanishiga 55 soniya qolganida g‘alaba golini urdik. Raqibda ham yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi, ayrim vaziyatlarda bizga omad kulib boqdi. Aytishim mumkinki, ushbu terma jamoa yarim finalda bo‘lishga haqli"

Jamoa mag‘lubiyatdan qanday chiqib ketgani haqida:
"To‘g‘risini aytsam, hech qanday alohida taktika ishlab chiqmadik, faqat himoyamizdagi ba’zi kamchiliklarni bartaraf etdik. Shuningdek, darvozabonimizga hujumlarga ko‘proq qovshilishi kerakligini aytdim. G‘alabaga sabab bo‘lgan yagona jihat bu jamoaning ruhiy holatidir. Futzalchilarimiz qanday holatda bo‘lishmasin, doimo muvaffaqqiyat uchun kurashadilar.

Uchrashuvga tayyorgarlik va Eronga qarshi bahs haqida:
"Biz ushbu o‘yinga ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Bahs davomida ham aynan shu sabab g‘alaba qozondik. Hatto gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham shogirdlarim o‘yinni xotirjam davom ettirishdi va nazoratni yo‘qotishmadi.

Eronga qarshi bahs juda qiyin va murakkab bo‘lishi aniq, biroq biz o‘z potensialimizga ishonamiz. Ularga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi" - dedi futzal terma jamoamiz ustozi.

Kiritildi: 22:25, 24.04.2024.
O'qildi: 1450 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.