Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Daych: "Muxlislar xohlagan narsalarini olishdi"

Daych: "Muxlislar xohlagan narsalarini olishdi"

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda “Everton” “Liverpul” darvozasiga javobsiz ikkita gol urib, ishonchli tarzda uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Qiyinchilikka uchragan klub ustozi Shon Daych muvaffaqiyat haqida fikr bildirdi.

"Murakkab raqibga qarshi qiyin o‘yin bo‘ldi, ammo muxlislar xohlaganiga erishdilar. Ayniqsa, Jordan Pikford tufayli gol o‘tkazib yubormaganimiz juda yoqimli. Lekin o‘zimiz juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Bizning o‘yinimiz juda yaxshi bo‘ldi", - deya Daych so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

"Everton" APL turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 08:53, 25.04.2024.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик