Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Bilbao, barja, birdamlik...

Bilbao, barja, birdamlik...

Baho:
+ | -

«Atletik»ning Ispaniya kubogi-2023/2024dagi g‘alabasi Bilbaoda misli ko‘rilmagan darajada nishonlandi

Jumladan, klub futbolchilari La Gabarra qayig‘ida Nervion daryosi bo‘ylab sayrga chiqishdi. Sohil esa bilbaoliklar bilan to‘lib ketdi: xursandchilik, mushakbozlik, benazir manzara. Bu - 40 yildan so‘ng shaharga qaytgan o‘zgacha bayram!

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni Baskoniyada chamasi 1 million (!!!!) odam shahar ko‘chalariga chiqdi va kubokni «Atletik» bilan birga «yuvdi». Ayniqsa, Nervion daryosi bo‘yida tumonat odam yig‘ildi. Qisqasi, bilbaoliklar butun qirg‘oq bo‘ylab tizilishdi. Hattoki, ko‘priklarda ham bo‘sh joy qolgani yo‘q. Uylarning ayvonlari va balkonlari ham to‘lib ketdi va har nuqtaga «Atletik» sharafiga bayroq osildi.

Bilbaoda bunday futbol bayrami ilk marta 40 yil oldin kuzatilgandi. O‘shanda Xav­er Klemente boshqaruvidagi «Atletik» mavsum-1982/1983ning oxirgi turida «Real»ni yengish asnosida o‘z tarixida 7-marta Ispaniya chempioni bo‘lgandi. Xullas, 3 may kuni Bilbao orqali oqadigan Nervion daryosiga oddiygina yuk barjasi (kema) tushadi va unga futbolchilar, murabbiylar chiqishadi. Aytishlaricha, 1983 yilgi bayramda ham deyarli 1 million kishi qatnashgan. 1960 yili Bilbao porti buyurtmasiga asosan yasalgan va yuk tashish uchun mo‘ljallagan kema keyinchalik «Atletik» barjasi» nomini olgan. Jamoa keyingi mavsum «oltin dubl»ni rasmiylashtiradi va mega-bayram takrorlanadi. Ikkinchisida 1,2 million odam yig‘ilgani haqida ma’lumotlar bor. Mana, oradan 40 yil o‘tib, Bilbao yana mislsiz bayram og‘ushida qoldi. Aytgancha, barja bu vaqt davomida Bilbao dengiz muzeyida saqlandi. Bask­lar bu oraliqda Ispaniya superkubogini 2 marta (2015 va 2021 yillarda) yutishdi, ammo klub g‘alaba sharafiga barja emas, balki avtobusda paradga chiqdi. 2020 yili esa Bilbao shahar kengashi qarori bilan kema 200 ming yevro hisobiga to‘liq rekonstruksiya qilindi. Shunday qilib, barja yana suvga tushdi 40 yildan keyin.

AYTGANCHA...

Aslida g‘alabani barjada nishonlash g‘oyasi «Atletik»ka tegishli emas. Baskoniyada bunday bayram ilk marta 1924 yili Bilbaoning yana bir klubi «Asero» Ikkinchi ligada g‘alaba qozonganidan keyin o‘tkazilgan. Umuman, bu kema Biskayya provinsiyasi sanoat ramzi hisoblanadi. Ancha ommalashgan «Nervion daryosi bo‘ylab barja...» qo‘shig‘i ham «Asero»ga bag‘ishlashgan, ammo u endi asosan «Atletik» sharafiga kuylanadi. Mana, «Atletik» barjasi» naq 40 yil ichida ilk marta qo‘shiqda emas, suvda suzdi…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 25.04.2024.
O'qildi: 638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.