Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Rangnikning tovon puli ma’lum bo‘ldi

Rangnikning tovon puli ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" Ralf Rangnikni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlash ustida ishlamoqda.

Biroq 65 yoshli mutaxassisni jamoaga taklif qilish qimmatga tushadi.

Salzburger Nachrichten xabariga ko‘ra, Avstriya futbol assosiasiyasi Rangnikni sotib olmoqchi bo‘lgan jamoalardan 15 million yevro tovon puli talab qilmoqda.

Ralf Rangnik Avstriya terma jamoasini 2022 yilning iyunidan beri boshqarib kelmoqda.

Kelgusi yozda jamoa Yevropa chempionatida ishtirok etadi, uning guruh bosqichidagi raqiblari Fransiya, Polsha va Niderlandiya terma jamoalari bo‘ladi.

Kiritildi: 10:01, 26.04.2024.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик