Vazirlikda IJF bosh direktori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) Bosh direktori, Xalqaro kibersport federasiyasi prezidenti Vlad Marinesku bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov, federasiya bosh kotibi Aziz Sobirov ishtirok etdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish, murabbiylar, hakamlar va terma jamoa sportchilari o‘rtasida tajriba almashishga yo‘naltirilgan seminar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida Vlad Marinesku futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok hamda o‘z tarixida ilk bor Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bilan tabrikladi.
Shuningdek, dzyudochilarimizning Gonkong davlatida o‘tgan Osiyo chempionatidagi ishtiroki, shuningdek, terma jamoamizning 3-5 may kunlari kunlari Tojikiston poytaxti mezbonlik qiladigan Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniriga tayyorgarlik masalalari ham kun tartibida bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, IJF taqvimidan Parij-2024 Olimpiadasigacha Tojikiston va Qozog‘istondagi "Katta Dubulg‘a" musobaqalari hamda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘rin olgan.