«PSJ»ning asosiy yulduzi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida Dortmundning «Borussiya»sidan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
Parijliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, hujumchi Niklas Fyullkrug yagona golga mualliflik qildi.
"Duyelning faqat yarmi o‘tdi xolos.
Parij hali oldinda", - deya xabar qoldirgan hujumchi ijtimoiy tarmoqlarida. Qarama-qarshilikning javob o‘yini 7 may kuni "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tadi.