"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘z kelajagi haqida yana bir savol oldi.
Argentinalik murabbiyning jamoani boshqarishda davom etishi so‘roq ostida qolmoqda - klub mavsum yakunlanganidan keyin mutaxassis bilan xayrlashishi mumkin.
"Har hafta men tashqaridan nazorat va bosim ostida ekanligimni qabul qilish qiyin.
Keyingi mavsum ham shu yerda qolish-qolmasligim menga bog‘liq emas. Barcha murabbiylarga o‘z g‘oyalari va falsafasini amalga oshirish uchun vaqt kerak", - deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.