Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

“Roma” hujumchisining toqati toq bo‘ldi

“Roma” hujumchisining toqati toq bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam ommaviy o‘lim tahdidlari va irqiy haqoratlarni ola boshlaganidan so‘ng o‘z ijtimoiy tarmoqlarida fikr bildirishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Shunga o‘xshash xabarlar Yevropa Ligasining birinchi yarim final o‘yinidan so‘ng, "bo‘rilar" "Bayer"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin kela boshladi.

Bu haqda jurnalist Alfredo Pedullaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin so‘ngida angliyalik hujumchi yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘llagan zarbasi bilan hisobdagi farqni qisqartirish uchun yaqqol imkoniyatni boy berdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 9 may kuni Leverkuzendagi "Bay Arena"da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:59, 05.05.2024.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик