Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

"Arqadag‘" rekordi bekor-mi?

"Arqadag‘" rekordi bekor-mi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

2023 yilning bahorida tashkil etilgan Turkmanistonning «Arqadag‘» klubi o‘z tarixidagi 37ta o‘yinda ham g‘alaba qozonib, Ginness rekordlar kitobida qayd etilgan natijani yaxshiladi.

Bu borada jahon rekordi yaqindagina Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi tomonidan rasmiylashtirilgandi - ketma-ket 34ta g‘alaba. Biroq The Guardian nashrida yozilishicha, Ginness kitobi turkman klubi natijasini tan olishga shoshilmayapti. «Turkmaniston ligasi haqida ma’lumot juda oz, bu kabi rekordlar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimiz ham xohlaganimizdan kam. Odatda boshqaruv tizimi va raqobat darajasiga ham qaraymiz. Xullas, shu sabablar bilan «Al-Hilol» rekordchi ekanligini tasdiqladik», - deya izoh berdi vaziyatga Ginness kitobi vakili.

Ma’lumot uchun, Turkmanis­ton prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga tuzilgan «Arqadag‘» debyut mavsumida 24ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, chempion bo‘ldi. Shuningdek, mamlakat kubogida 7ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. Turkmaniston ligasining yangi mavsumida esa 6ta g‘alaba rasmiylashtirildi. Biroq ta’kidlanishicha, o‘yinlarini o‘rtacha hisobda 200 muxlis kuzatadigan yangi yetakchining ba’zi natijalari sir tutilgan. Deylik, o‘z hududida «engilmas jamoa» sifatida ta’riflanayotgan «Arqadag‘» fevral oyida «Shaxtyor» va «Dnepr»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan, ammo turkman matbuoti bu haqda biror xabar chop etmagan.

The Guardian nashrida ta’kidlanishicha, o‘tgan yilning noyabr oyida «Shagadam» bilan o‘yin 2:2 hisobida yakunlanayotgan pallada «Arqadag‘» foydasiga shubhali penalti belgilangan va jamoa shuning evaziga g‘alaba qozongan. Shuningdek, «Arqadag‘» o‘tgan mavsum boshlanishidan oldin mahalliy ligadagi eng yaxshi futbolchilarni o‘z tomoniga og‘dirgan. Bu qoidaga zid emas, ammo yangi klub kerakli ijrochilar bilan shartnoma tuzishi uchun hattoki, Turkmanistonda transferlar vaqti uzaytirilgan. Shunday bo‘lsada, turkman jamoasi vakillari Ginness rekordlari kitobiga kirish uchun qayta ariza topshirish imkoniyati tug‘ilishiga ishonishmoqda. Aytish kerak, «Arqadag‘» yozda Osiyo miqyosidagi turnirda debyut qilishi kerak.

Saudiyaning «Al-Hilol» klubi joriy yil mart oyida g‘alabali seriyasini 28ta o‘yinga cho‘zib, jahon rekordini yangiladi. Yulduzlarga to‘la jamoa shundan keyin o‘ziga tegishli rekordni yana 6 marta yangiladi - ketma-ket 34ta g‘alaba.  Saudiya chempio­nati gegemonii yurishiga esa yaqindagina OCHL yarim finali birinchi o‘yinida «Al-Ayn» tomonidan nuqta qo‘yildi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 05.05.2024.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.