Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

“Atletiko” yetakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

“Atletiko” yetakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi Antuan Grizmann bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

AS xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta Grizmann va "Atletiko" vakillari o‘rtasida fransiyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ilk muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Futbolchining opasi va agenti Mod Grizmann “matraschilar” jamoasi rahbariyati bilan uchrashib, yangi shartnoma shartlarini muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Grizmann va Madrid klubi o‘rtasidagi munosabatlar a’lo darajada, kelishuvga erishish qiyin bo‘lmaydi.

Antuanning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va agar ma’lum shartlar bajarilsa, uni bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud, manba qayd etganidek, buni bajarish qiyin emas.

Ta’kidlanishicha, "Atletiko" Grizmanni futbolchining o‘zi xohlagancha saqlab qolishga tayyor. Rahbariyat fransiyalik futbolchini klub afsonasi deb biladi va uning shartnomasini uzoqroq muddatga uzaytirishi uchun hech qanday to‘siq yaratmaydi.

Kiritildi: 10:08, 06.05.2024.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик