Fransiyaning «PSJ» klubi yaqin orada yarim himoyachisi Vitinya bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, parijliklar portugaliyalik bilan 2029 yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Vitinyaning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, biroq Luis Enrike jamoasi futbolchini uzoqroq muddatga jamoada qo‘ymoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli yarim himoyachi 2022 yilning yozida “Portu”dan 41,5 million yevro evaziga Parijga ko‘chib o‘tgandi.