Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Ten Xag: “Brunu – haqiqiy jangchi"

Ten Xag: “Brunu – haqiqiy jangchi"

Baho:
+ | -

Erik ten Xag Brunu Fernandeshning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

“Bilaman, u bu yerda ekanligidan juda xursand. Mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik, bu eng yaxshi futbolchilar ko‘rsatishi kerak bo‘lgan eng muhim fazilatlardan biridir. Brunu har doim tayyor, u birorta o‘yinni o‘tkazib yubormaydi, u doimo yaxshi saviyada o‘ynaydi va jamoaga kuch beradi. Bunday aktivlar muvaffaqiyat uchun zarurdir.

Brunu – haqiqiy jangchi. Misol uchun, o‘tgan yili Angliya kubogi yarim finalida "Brayton" bilan o‘ynaganimizda, u shunchalik shishgan to‘pig‘i bilan o‘ynaganki, bunga ishonishning iloji yo‘q edi. U boshqa o‘yinchilar uchun ajoyib o‘rnakdir", - deydi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.

Mankunianliklar sardorining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Fernandesh Premer-ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:01, 06.05.2024.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик