Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Vitaliy Levchenko: «G‘alabaga yana bir gol kamlik qildi»

Vitaliy Levchenko: «G‘alabaga yana bir gol kamlik qildi»

Baho:
+ | -

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Neftchi" uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. To‘pni, umuman uchrashuvni nazorat qildik va gol kiritdik. Ikkinchi taymda esa o‘yinni tashlab yubordik va hisobni saqlashga intilib, yakunda uni qo‘ldan chiqardik.

Norchayev termadan tizzadagi jarohati bilan qaytdi. Shu sababli u Toshkentda qoldi va tekshiruv natijalaridan keyin uning holati qay darajada ekanini bilib olamiz.

Kubok finali Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Ammo ungacha hali vaqt bor. Endigina guruh bosqichi yakuniga yetdi. Albatta, har bir jamoa finalni o‘z maydonida, muxlislari qarshisida o‘tishini istaydi.

G‘ofurov tanaffusda o‘zini noxush sezdi va shu sababli uning o‘rniga Safarov maydonga tushdi.

"Neftchi"ga nima yetishmadi? Yana bir gol. O‘tkazib yuborilgan golda aynan biror futbolchini ayblashni istamayman. O‘yinni tahlil qilib chiqish lozim. Albatta, raqib futbolchisiga zarba yo‘llashiga imkon qoldirdik. Bu bizning xatomiz", — dedi Levchenko.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:14, 07.05.2024.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик