Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘zPFL va O‘FU vakillari FIFPRO'ning Osiyo-Okeaniya bosh assambleyasida ishtirok etdi

O‘zPFL va O‘FU vakillari FIFPRO'ning Osiyo-Okeaniya bosh assambleyasida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon professional futbolchilar assosiasiyalarini o‘zida birlashtirgan FIFPRO tashkilotining Osiyo-Okeaniya tuzilmasi 7-9 may kunlari Singapurda o‘zining bosh assambleyasini o‘tkazdi.

Unda tashkilotning Osiyo va Okeaniya qit’alarida joylashgan a’zo uyushmalari bilan bir qatorda qit’aning yetakchi ligalari vakillari ham ishtirok etdi.

Butun jahonda professional futbolchilarning manfaatlarini himoya qiladigan mazkur tashkilotning bosh assambleyasida professional musobaqalar va ularning ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, musobaqalarni rejalashtirish va o‘tkazishda futbolchilarning sog‘ligi va imkoniyatlari darajasini inobatga olish, shuningdek futbolchilar uyushmalari va ligalar, shuningdek klublar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri va o‘zaro hamkorlikka asoslangan holda tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Assembleyada O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi doimiy ishtirokchi sifatida qatnashgan bo‘lsa, FIFPRO bu safar Yaponiya Jey-Ligasi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakillarini ham taklif etib, Ligalar va Futbolchilar uyushmalari o‘zaro munosabatlari va ish faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgani xususida tajribalar bilan o‘rtoqlashishni so‘radi.

O‘zPFL O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan va uyushmadan futbolchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlarni hamisha hal etishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatib kelyapti.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 17:59, 08.05.2024.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.