Joriy mavsum yakunida “Bavariya”ni erkin agent sifatida tark etadigan 35 yoshli markaziy hujumchi Erik Chupo-Moting Ispaniya chempionatida ishtirok etishi mumkin.
La Liganing top-klublaridan biri tajribali futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Gap Atletiko Madrid haqida ketmoqda. "Matraschilar" hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi va kamerunlik futbolchining tekin transferidan manfaatdor.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Chupo-Moting 27 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.